|
|

Insonlarga yoqishning besh qoidasi:
1. Suhbatdoshingiz bilan chin dildan qiziqing!
2.Insonlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo’ling!
3.Unutmang, insonning ismi – u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir!
4.Eng yaxshi tinglovchi bo’ling! Boshqalarga ko’proq o’zlari to’g’risida
gapirishlariga imkoniyat bering!
5.Suhbatdoshingizni qiziqtiruvchi mavzular to’g’risida ko’proq gapiring!

|
Insonlar e’tiboriga erishishning o’n ikki
qoidasi:
1.Tortishuvlar paytida ma’naviy balandlikda bo’lishning yagona yo’li – bu
tortishuvdan voz kechishdir!
2.Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat ko’rsating. Insonlarga hech
qachon “nohaqsan” demang!
3.Agar siz nohaq bo’lsangiz, tez va keskin tan oling!
4.Suhbatni do’stona ohangda boshlang!
5.Suhbatdoshingizni har qanday masalada fikringizga “Ha, to’g’ri”, deb
aytishga undang va erishing!
6.Suhbat davomida kamroq gapiring, uning ko’proq gapirishiga imkon yarating!
7.Mazmunli fikrlarni suhbatdoshingiz o’ziniki hisoblasin!
8.Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan qarang!
9.Boshqalarning fikri va xohishlariga ta’sirchan bo’ling!
10.Marhamatli inson ekanligingiz bilinib tursin!
11.Kinolarda va radiolardagi eng yoqimli harakatlarni o’zingizga singdiring
va kinoradio qahramonlaridek harakat qiling!
12.Otashin, aniq, insonga ma’naviy quvvat beruvchi gaplarni gapiring!
|

Insonlarni xafa qilmasdan ularga ta’sir ko’rsatish va hurmatiga
sazovor bo’lishning to’qqiz qoidasi:
1. Gapni suhbatdoshingizni maqtab va yaxshi tomonlarini tan olish bilan
boshlang!
2. O’zgalarning xato-kamchiliklarini to’g’ridan-to’g’ri aytmang, boshqalar
misolida gapiring!
3. Oldin o’zingizning xatolaringiz to’g’risida gapiring va shundan so’ng
suhbatdoshingizni sekinlik bilan tanqid qiling!
4. Suhbatdoshingizga buyruq bermasdan, unga savol berish orqali ishni
bajartiring!
5. Insonlarga o’z muvaffaqiyatlarini saqlab qolishlari va yanada amalgam
oshirishlariga imkoniyat bering!
6. Har bir insonning eng kichik muvaffaqiyatlarigacha qo’llab gapiring!
7. Odamlar o’rtasida sog’lom, obro’li muhit yarating va natijada ular shu
darajada qolishga harakat qilsinlar!
8. Shunday qilingki, inson yo’l qo’ygan xatoliklarini osonlik bilan
to’g’rilashi mumkinligini va bu qiyin emasligini his etsin!
9. Shunga erishingki, insonlar sizning bergan taklif-mulohaza va
ko’rsatmalaringizni bajarib, natijalaridan o’zlari zavqlansinlar! |

Oilangizni yanada baxtli qilishning o’n qoidasi:
1. Hech qachon tortishmang!
2. O’z umr yo’ldoshingizni o’zgartirishga urinmang, balki unga moslashishga
harakat qiling!
3. Bir-biringizni tanqid qilmang, yaxshilab o’ylab, so’ng gapiring!
4. Bir-biringizga doimo e’tiborli bo’ling!
5. Bir- biringizga chin dildan minnatdorchilik bildirib turing!
6. Doimo har bir masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashing!
7. Bir-biringizdan doimo yaxshi tomonlarni qidiring!
8. Jahlingiz chiqqanda masala yechimini keyinga qoldiring va maqsadga
erishish uchun to’g’ri yo’l tuting!
9. Oilaning or-nomusini hamma narsadan ustun qo’ying!
10. Oilaning jamiyat o’rtasidagi obro’-e’tibori uchun har bir oila a’zosi
mas’uldir!

Telefonda so’zlashish odobi
Hayotimizga telegraf, radio, keyin telefon kirib keldi. Radiotelefon,
peydjer, uyali aloqa telefoni… Inson hayotining turmush tarzi rivojlanib
bormoqda.
Muhim telefon so’zlashuvlari qisqa, muloyim va hurmat yuzasidan bo’lishi
kerak. Tadqiqotlarga ko’ra, tik turgan holda gaplashsangiz, ovozingizdagi
ohang qat’iyroq bo’ladi. Agar o’tirgan holda gapirsangiz, ovozingiz
yumshoqroq va muloyimroq chiqadi.
Telefonda gaplashishning bir nechta umumiy qoidalari bor. Raqam terishdan
avval o’ylab ko’rishingiz kerak. Sizning qo’ng’irog’ingiz xush kelarmikan?
Telefon qilayotgan kishingizni bezovta qilib qo’ymasmikansiz? Shu tobda siz
qo’ng’iroq qilayotganingizda uni kimdir bezovta qilmayotganmikan?
Har qanday qo’ng’iroq salomlashish va tanishishdan boshlanadi, keyin
gaplashishingiz kerak bo’lgan odamni chaqirib berishlarini iltimos qilasiz.
Suhbatni boshlashdan oldin, muhim ishdan qoldirmadimmi deb so’rang.
Yodda tuting, tanishingiz yoki dugonangiz bilan shoshilmasdan suhbat
qurayotgan paytingiz, sizga muhim ish bilan qo’ng’iroq qilayotgan
bo’lishlari mumkin. Telefon orqali bekorchi gaplarni gaplashmang. Agar
do’stingiz bilan ko’ngildan suhbatlashmoqchi bo’lsangiz, u bilan biror joyda
uchrashib gaplashganingiz ma’qul. Judayam kech bo’lib qolganda tanishingizga
qo’ng’iroq qilmang. Agar 5-6 marta chaqirgandan keyin telefonni hech kim
ko’tarmasa, boshqa qo’ng’iroq qilmang. Agar kimdir raqamni noto’g’ri terib
sizga tushib qolsa, qo’pollik qilmay, mayinroq javob bering: “Kechirasiz,
boshqa raqamga tushib qoldingiz”. Eslab qolish zarur bo’lgan shunday qoida
bor: do’stingizning uyiga ogohlantirmasdan bormang. Bu telefonning
afzalliklaridan biridir.
Hech qachon telefon qilayotgan insonga “Kim bu gapirayotgan?” deb so’ramang.
Bu odobdan emas.
Telefonda gaplashayotgan vaqtda aloqa uzulib qolsa, o’sha odamga qayta
qo’ng’iroq qiling. Noto’g’ri ulanib qolgan bo’lsa, gaplashishdan oldin
qayerga qo’ng’iroq qilayotganligini aniqlab oling.
Go’shakdan baqirib gapirmang – bu eshitishni yaxshilamaydi; yaxshisi
shoshmasdan, so’zlarni aniq ifodalab gapiring. Gaplashayotganda qo’pol ham,
o’ta muloyim ham bo’lmang. Uchrashuvga kelishib olayotganingizda, telefonda
hamma savollarga javob bermang. Kimnidir telefonga chaqirib berishlarini
so’rashsa, “Kim so’rayapti?” deb qiziqmang. Lekin rahbaringiz so’rasa,
qanday joy bilan ulanayotganingiz, kim gapirayotgani, qayerdan v anima
maqsadda qanday tanishtirish kerakligi haqida bilib olishingiz kerak.
Go’shakni ko’tarib qo’ymang. Yana qo’ng’iroq qilishlari mumkin. Yaxshisi,
“20-30 daqiqadan keyin qo’ng’iroq qiling”, deb ayting. Sherigingizga
qo’ng’iroq qilishga kelishgan bo’lsangiz, va’dangizni bajaring. O’ta zarur
ishingiz bo’lmasa, ishdagi odamga shaxsiy ishlar bilan qo’ng’iroq qilmang.
Ish yuzasidan bo’lsa, bir necha daqiqaga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
Ogohlantirmasdan turib, ertalab soat 8.00 gacha, kechqurun soat 22.00 dan
keyin qo’ng’iroq qilmang. Telefoningiz oldida qayd daftarchasi va qalam
turishi kerak. Nimanidir yozib olish zaruriyati tug’ilsa, bu narsalarni
qidirib qolmasligingiz zarur.
O’ta muloyimlik ham odobdan emas. Shakarningham ozi yaxshi. Albatta,
“marhamat qilib”, “rahmat” so’zlarini ishlatasiz, biroq uzoq so’rashib,
boshni qotirmaganingiz ma’qul.
Telefonsiz insonga tez yordam ko’rsatib bo’lmaydi. Bunda bo’lib o’tgan
voqeani aniq va lo’nda ifoda etish zarur. Ortiqcha gaplar bilan vaqt
yo’qotmagan ma’qul. Agar favqulodda hodisa bo’lgan vaqtda qo’lingizda
telefon bo’lsa, yordam chaqirish uchun berish zarur. Qarindoshlaringiz,
do’stlaringiz, tanishlaringizning boshiga biror ish tushsa, telefon orqali
so’rash to’g’ri kelmaydi, bunday vaqtda ularning oldiga qanday yordam kerak,
deb ko’ngil so’rab borish zarur.
Odatda, ishga doir qo’ng’iroqlar ishxonaga qilinadi. Agar vaziyat taqozosi
bilan kimningdir uyiga telefon qilishga to’g’ri kelsa, avvalo uzr so’rash,
shundan so’nggina qo’ng’iroqdan maqsadingizni qisqa bayon qilish lozim.
Tafsilotlarni uchrashganda yoki ishxonaga qo’ng’iroq qilganda gaplashishga
kelishib oling. Chunki odamlar uyda ish haqida o’ylamay, dam olish huquqiga
egalar. Bu huquqni hurmat qilish kerak.
Agar notanish odamga qo’ng’iroq qilayotgan bo’lsangiz, albatta o’zingizni
tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini ayting.
G’arbda telefon orqali har qanday suhbat 3-5 daqiqadan ortiq davom etmasligi
kerak, deb hisoblashadi. Bunga, hech bo’lmaganda, ish yuzasidan bo’layotgan
suhbat jarayonida amal qiling.
Qoida bo’yicha, qo’ng’iroqni qabul qilayotgan shaxs birinchi bo’lib
tanitmaslik huquqiga ega. “Kim bilan gaplashayapman?”, “Bu kim?”, “Men
qayerga tushdim?” kabi so’roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sanaladi.
Agar qo’ng’iroqqa chaqirilgan kishi joyida bo’lmasa, go’shakni olgan odam
kim telefon qilganini aniqlashtirib o’tirmasligi kerak. “Kim so’rayapti?”dan
ko’ra “Nima deb qo’yay?” degan so’roq yaxshiroq.
Telefonda so’zlashayotganda tinglash qobiliyati juda muhim. Buni esdan
chiqarmang.
Ko’chada, odamlar orasida ba’zida mobil telefon orqali baqirib
gaplashayotgan kishini uchratamiz. Yoki tramvay, avtobusda ketayotganimizda
mobil telefonida gaplashayotgan odamning ovozini hamma eshitadi.
Aytishlaricha, Yaponiyada avtobusda ketayotgan biro dam mobil telefonda
baqirib gaplashgani uchun atrofidagi yo’lovchilar uni do’pposlashgan ekan.
Bu kabi muammolarga biz duch kelmaymiz, deb bo’lmaydi. Nachora,
ehtiyojlarning o’zi qonun-qoidalarni paydo qiladi. Jamoat joylarida mobil
telefoningizga qo’ng’iroq qilib qolishsa agar zarur bo’lmasa, yaxshisi,
“Hozir transportda yoki biror joyda edim, sal turib o’zim qo’ng’iroq
qilaman”, deganingiz ma’qulroq. Zero, telefonda so’zlashuv ham sizning
nazokatingizni belgilab beradi.
|
 |
Yuqoriga qaytish
|